Kukurelyaning transferi sabab «Real» himoyachisi «Manchester Yunayted»ga o'tib ketishi mumkin
15 IYUN, 2026, 13:30
«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati Alvaro Karrerasni Madridning «Real» klubidan ortga qaytarish haqida o'ylashni boshladi.
Tez orada «Chelsi»dan Mark Kukurelya «qaymoqranglilar» safini to'ldirishi kutilmoqda va aynan u Joze Mourino jamoasida asosiy chap qanot himoyachisiga aylanishi taxmin qilinmoqda. The Touchline nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi: «qizil iblislar» o'z sobiq futbolchisining transfer imkoniyatlarini allaqachon o'rganishni boshlab yuborishgan.
Agar Mourino haqiqatan ham Karrerasni asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmasa, lateral (qanot himoyachisi) «Real»dan ketish variantlarini ko'rib chiqishi ehtimoldan holi emas. Eslatib o'tamiz, ushbu himoyachi 2020 yildan 2024 yilgacha «MYu»ga tegishli bo'lgan, biroq asosiy jamoada birorta ham rasmiy o'yinda debyut qilmagan edi. O'tgan yilning iyul oyida Madrid grandi ispaniyalik futbolchini «Benfika»dan 50 million evro evaziga sotib olgandi.
