Tchuameni mushtlashuvdan so'ng Valverde bilan gaplashgan-gaplashmagani haqida gapirib berdi
15 IYUN, 2026, 13:18
Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga jamoadoshi Federiko Valverde bilan sodir bo'lgan mojaroli vaziyat haqida savol berildi.
May oyining boshida kiyinish xonasida frantsuz va urugvaylik futbolchilar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lgani, buning natijasida Valverde boshidan jarohat olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Frantsiya terma jamoasining JCh-2026 dagi Senegalga qarshi ilk o'yini oldidan jurnalistlar o'sha voqeani yodga olishdi va Tchuamenidan shov-shuvli to'qnashuvdan so'ng Valverde bilan aloqada bo'lib turgani yoki yo'qligini so'rashdi.
«Ha, albatta. Odamlar o'rtamizda hech qanday muammo yo'qligini tushunib etadigan vaqt keldi. Kiyinish xonasida ko'p narsa sodir bo'lib turadi. Valverde safga qaytganida, ikkalamiz qo'l berib ko'rishdik va birgalikda ishlashda davom etyapmiz», — deya matbuot anjumanida ta'kidladi 26 yoshli yarim himoyachi.
Frantsiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi.
