logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «Arsenal»ning transfer maqsadini aniqlab oldi

 15 IYUN, 2026, 13:18

«Lill» klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin.

«Kanonirlar» yaqindagina Jahon chempionati doirasida Braziliyaga qarshi kechgan bahsda o'zini ko'rsatishga ulgurgan 18 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Transfer News Live nashrining The Times gazetasiga tayanib xabar berishicha, ingliz grandi bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu yarim himoyachini klubning ustuvor transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. Yangi porlayotgan yulduz uchun kurashda «Arsenal» «Real», «PSJ» va «Chelsi» klublari bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

«Lill» klubi Ayyub Buaddini taxminan 70 million evro evaziga sotishga tayyor. Marokashlik futbolchi yaqindagina «itlar» (Lill laqabi) bilan amaldagi shartnomasini 2029 yilning o'rtalariga qadar uzaytirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ