Alijonov umumiy guruhga qaytdi. Masharipov, Hamrobekov va G'anievchi?
15 IYUN, 2026, 13:16
Uch kundan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o'yin bilan JCH-2026`dagi ishtirokini boshlaydi.Bugungi mashg'ulotda Hojiakbar Alijonov umumiy mashg'ulotlarga qo'shildi.
Jaloliddin Masharipov , Odilbek Hamrobekov va Azizbek G'aniev esa mashg'ulotlarni yakka tartibda olib borgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ va Kalumbiya o'rtasidagi bahs bizning vaqt bilan 18 iyun kuni ertalab soat 7:00 da start oladi.

Manba: olamsport.com
