logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Argentina terma jamoasida faqat bir futbolchi alohida mashg'ulot o'tamoqda — qolganlar safga qaytdi

 15 IYUN, 2026, 13:12

Argentina milliy terma jamoasida Jahon chempionatidagi ilk o'yin oldidan jarohatlar bilan bog'liq muammolar deyarli qolmadi.

Taniqli jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, mundialga kichik jarohatlar bilan tashrif buyurgan Nikolas Pas, Xulian Alvares, Kristian Romero, Leandro Paredes va boshqa futbolchilar to'liq sog'ayib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishgan. Darvozabon Emiliano Martines ham maydonga tushishga shay holatda. Ayni damda faqatgina chap qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko individual dastur asosida shug'ullanmoqda — u guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Argentina — Jazoir uchrashuvi 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ