logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Zaxiradan tushganidan 17 soniya o'tib gol urgan Svanberg JCh rekordini yangilay olmadi

 15 IYUN, 2026, 12:54

Shvetsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mattias Svanberg 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidan o'rin olgan Tunisga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, atigi 17 soniya o'tib raqib darvozasini ishg'ol qildi.

O'sha vaziyatda shvedlar foydasiga hisob 4:1 ko'rinishini olgan edi. Keyinchalik afrikaliklar darvozasiga yana bir gol kiritildi.

Svanbergning ushbu goli Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan tushgan futbolchilar ichida eng tezkori bo'la olmadi. Bu boradagi rekord urugvaylik Richard Moralesga tegishli bo'lib, u 2002 yilgi mundialda Svanbergga qaraganda bir soniyaroq tezroq (16 soniyada) gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

Uchrashuvning yakuniy natijasi — 5:1 hisobida Shvetsiya g'alaba qozondi va 1-turdan so'ng «F» guruhida peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Ushbu kvartetning ikkinchi o'yinida Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari o'zaro ochko bo'lishib olishdi (2:2).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ