UFC White House - Freedom 250 turnir bonuslari kimlarga nasib qildi?
15 IYUN, 2026, 12:48
Bugun tongda Vashington shahrida uzoq kutilgan UFC White House - Freedom 250 turniri bo'lib o'tdi.Tashkilotchilar tomonidan barcha janglari muddatidan avval yakuniga etgan Oq uy turnirining bonus sohiblari elon qilindi. Kutilganidek, oqshomning eng yaxshi jangi sifatida Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi bahs etirof etildi. Kambek qila olgan 37 yoshli Jastin ikkitalik bonusni qo'lga kiritdi.
UFC White House - Freedom 250. Turnir bonuslari:
Kechaning eng yaxshi chiqishi (425 000 dollar) - Jastin Getji va Siril Gan.
Kechaning eng yaxshi jangi ($400 000) - Iliya Topuriya va Jastin Getji.
Muddatidan oldin g'alaba qozongan va yuqoridagi nominaciyalarga kira olmagan, shuningdek, vazn o'lchashda muvaffaqiyatsizlikka uchramagan jangchilar ham 25 ming dollardan olishdi - ular SHon O`Melli, Josh Xokit, Maurisio Ruffi, Bo Nikal va Diego Lopes.
Kechaning asosiy jangida Jastin Getji Iliya Topuriyani texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi va engil vazn toifasining yangi chempioniga aylandi. Iliyaning murabbiylari beshinchi raund oldidan bahs davom ettirmaslikka qaror qilishdi.

Manba: olamsport.com
