logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Bernardu Silva uchun pul to'laydi: futbolchi va agent yirik summani bo'lishib olishadi

 15 IYUN, 2026, 12:36

«Manchester Siti» klubi sobiq sardori Bernardu Silva yangi mavsumdan boshlab Madridning «Real» klubi sharafini himoya qiladi.

Portugaliyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safiga erkin agent maqomida borib qo'shiladi, biroq bu transfer madridliklar uchun mutlaqo bepul tushmaydi. El Confidencial nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, «Real» futbolchi va uning agenti Jorje Mendeshga 10 million evro miqdorida shartnoma imzolagani uchun bonus to'laydi. Shuningdek, yarim himoyachining «qirollik klubi»dagi yillik maoshi ham taxminan 10 million evroni tashkil qiladi.

Bernardu Silva iyul oyida rasman Joze Mourino qo'l ostidagi jamoa a'zosiga aylanadi. Bungacha futbolchi to'qqiz yil davomida «Manchester Siti»da to'p surgan va 2025/26 yilgi mavsum yakunida muddati tugagan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ