logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» himoyachisi jamoaning yangi a'zosi Bernardu Silvaning darajasiga baho berdi

 15 IYUN, 2026, 12:18

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio Bernardu Silvaning transferi haqida o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi yangi mavsum boshidan boshlab «qaymoqranglilar» safiga borib qo'shiladi — u Madrid klubiga erkin agent maqomida o'tmoqda.

«Bernardu Silva — juda ajoyib futbolchi. Shubhasiz, uning kelishi bilan jamoamiz yanada kuchliroq bo'ladi. Biz barcha yangi futbolchilarni quchoq ochib kutib olamiz. «Real»ning yangi loyihasi haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada bo'lishiga ishonchimiz komil», — dedi Raul Asensio ElDesmarque nashriga bergan intervyusida.

Ispaniyaga ko'chib o'tishdan oldin Silva to'qqiz yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qildi. Avgust oyida «shaharliklar»ning sobiq sardori 32 yoshni qarshi oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ