logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yaponiyalik muxlislar Niderlandiya bilan o'yindan so'ng tribunalardagi barcha chiqindilarni tozalab ketishdi

 15 IYUN, 2026, 12:18

Yaponiyalik muxlislar Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida o'z terma jamoasi Niderlandiya bilan durang (2:2) o'ynagan uchrashuvdan so'ng, tribunalardagi barcha chiqindilarni yig'ishtirib olishdi.

FIFA yaponiyaliklarning barcha chiqindilarni paketlarga solib, arenadan olib chiqib ketayotgani aks etgan fotosuratlarni e'lon qildi. Bunday xulq-atvor nafaqat muxlislar, balki Kun chiqar mamlakat futbolchilari uchun ham an'anaviy tus olgan.

Xususan, Rossiyada bo'lib o'tgan JCh-2018 musobaqasida Yaponiya terma jamoasi futbolchilar tomonidan chinnidek tozalab qo'yilgan kiyinish xonasi suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan edi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Navbatdagi o'yinda Yaponiya Shvetsiyadan yirik hisobda (1:5) mag'lub bo'lgan Tunisga qarshi maydonga tushadi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Niderlandiya terma jamoasi guruh peshqadami — shvedlarga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ