logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Klopp Nagelsmann haqida aytgan so'zlaridan keyin o'zini ahmoq deb atadi

 15 IYUN, 2026, 12:12

Dortmundning «Borussiya» va «Liverpul» klublari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'zini ahmoq deb atadi va Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmanndan uzr so'radi.

Bundan avvalroq Klopp jonli efir paytida Nagelsmann haqida gapira turib, «u haliyam tarkib tanlash bilan ovora» qabilida jumla ishlatib yuborgan edi. Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng, u Bundestim murabbiyining yoniga borib, ushbu gaplari uchun shaxsan uzr so'ragan.

«Men bir narsani anglab etdim: indinga 59 yoshga to'laman, lekin haliyam ahmoqman. Nima ish qilmang, biz to'liq siz tomondamiz», — deya germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Daily Mail nashri.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi raqibini 7:1 hisobida tor-mor etdi. Jamoaning navbatdagi raqiblari Ekvador va Kot-d'Ivuar terma jamoalari bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ