logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino APLning yulduz himoyachisi bilan suhbat o'tkazdi

 15 IYUN, 2026, 08:36

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yangi jamoa «yig'ish»da davom etmoqda.

Jurnalist Ben Fernandes Santosning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o'z vatandoshi Ruben Diashning iqtidorini juda yuqori baholamoqda. Manbaning ta'kidlashicha, «qaymoqranglilar»ning yangi ustozi «Manchester Siti» markaziy himoyachisi bilan allaqachon suhbat o'tkazib ulgurgan.

Transfermarkt ekspertlari Diashning transfer bahosini 55 million evroga baholashmoqda. 29 yoshli futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino joriy yilning iyun oyida iste'foga chiqqan Alvaro Arbeloaning o'rnini egallab, rasman «Real» bosh murabbiyiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ