Kukurelyaning «Real»ga transferi tafsilotlari oydinlashdi
15 IYUN, 2026, 08:24
«Real» klubi «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya bilan olti yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
27 yoshli ispaniyalik futbolchi transferga rozilik berib bo'lgan, u JCh-2026 yakunlanganidan keyin «Qirollik klubi» safiga borib qo'shilishi kerak.
Jurnalist Devid Ornshteynning ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi 60 million evroni tashkil etadi. «Real» «Chelsi»ga zudlik bilan 55 million evro to'laydi, yana 5 million evro esa futbolchining ko'rsatadigan o'yinlariga qarab bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan.
Kukurelya — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2022 yilning avgust oyidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi londonliklar tarkibida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Kukurelyaning transfer bahosini 50 million evroga baholamoqda.
