logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026: Kot-d'Ivuar 90-daqiqadagi gol evaziga Ekvadorni mag'lub etdi

 15 IYUN, 2026, 07:06

Kot-d'Ivuar terma jamoasi AQShning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tgan 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Ekvador terma jamoasini mag'lub etdi — 1:0.

Uchrashuvdagi yagona golni 90-daqiqada afrikaliklar hujumchisi Amad Diallo kiritdi. U maydonga 56-daqiqada zaxiradan qo'shilgan edi.

Kot-d'Ivuar terma jamoasi 3 ochko bilan "E" guruhi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ekvador (0 ochko) esa uchinchi o'rinda bormoqda.

Keyingi turda, 20 iyun kuni Kot-d'Ivuar Germaniyaga qarshi maydonga tushadi, Ekvador esa 21 iyun kuni Kyurasao bilan kuch sinashadi.

KOT-D`IVUAR — EKVADOR — 1:0
Gol: Amad Diallo 90 (1:0).
Kot-d`Ivuar: Ya. Fofana, Singo, Agbadu, Konan, Due (Kossunu, 89), S. Fofana (Oulai, 77), Kesse, Ture (Bonni, 56), Diomande, Vai (Diallo, 56), Pepe (Sangare, 77).
Ekvador: Galindes, Ordones, Pacho, Inkape, Franko (Presiado, 62), Vite, Kaysedo, Minda (Angulo, 56), Yeboa (Poroso, 62), Valensiya (Rodriges, 77), Plata.
Ogohlantirishlar: S. Fofana (28), Kesse (38), Due (40) — Poroso (73).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ