logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Montsa» Yurichni yangi bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin

 15 IYUN, 2026, 02:18

Ivan Yurich Italiya futboliga qaytishga yaqin turibdi. Xorvatiyalik mutaxassis «Montsa» bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.

Jurnalist Janluka Di Martsio bergan xabarga ko'ra, klub rahbariyati bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqyapti, biroq aynan Yurich ayni damda bo'shab qolgan lavozim uchun favoritlar qatorida turibdi.

Manbaning ta'kidlashicha, bugun, 15 iyun kuni tomonlar uchrashuv o'tkazishadi va unda hamkorlik shartlarini kelishib olishga harakat qilishadi.

Eslatib o'tamiz: «Montsa» Paolo Byanko ketganidan so'ng yangi ustoz qidirmoqda. Yakunlangan mavsumda jamoa A Seriyani tark etdi va navbatdagi chempionatni Italiyaning kuchi jihatidan ikkinchi divizionida (B Seriya) o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ