logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh—2026. AQSh Eronning to'rt nafar vakiliga viza berishga majbur bo'ldi, biroq federatsiya rahbari yana rad javobini oldi

 14 IYUN, 2026, 23:48

Eron milliy terma jamoasi delegatsiyasining to'rt nafar a'zosi ikkinchi urinishda AQSh vizasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bungacha ularga viza rad etilgan va shundan so'ng Eron tomoni qat'iy rasmiy shikoyat bilan chiqqan edi. Bu haqda BBC Sport nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, viza muammosini ijobiy hal qilgan mutaxassislar qatoridan terma jamoa texnik shtabida faoliyat yurituvchi tahlilchi hamda Eron futbol federatsiyasining xalqaro aloqalar bo'limining ikki xodimi o'rin olgan. Shunga qaramay, delegatsiyaning yana 11 nafar a'zosi haligacha AQShga kirish huquqini ololmagan. Ular jamoaning mashg'ulot bazasi joylashgan Meksikaga etib kelgach, vizaga qaytadan ariza topshirishga majbur bo'lishgan.

Eng e'tiborli jihati shundaki, yana olti kishining arizasi takroran rad etilgan. Ular qatorida Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj ham bor. Ikki davlat o'rtasidagi murakkab siyosiy munosabatlar fonida eronlik sportchilarning AQShdagi yirik turnirlarga kirishida muammolar paydo bo'lishi avval ham bir necha bor (xususan, sportning kurash turlarida) kuzatilgan edi.

JCh—2026 guruh bosqichi doirasida Eron o'zining barcha uchta uchrashuvini AQSh stadionlarida o'tkazadi. Biroq hukumat tomonidan qo'yilgan vizaga oid cheklovlar sababli forslar har bir o'yindan so'ng darhol AQSh hududini tark etib, o'z bazasiga qaytishi talab etiladi.
Dastlabki rejalarga asosan, jamoaning bosh qarorgohi AQShning Arizona shtatida joylashishi ko'zda tutilgan edi. Ammo siyosiy ziddiyatlar va jamoa xavfsizligiga oid jiddiy xavotirlar ortidan Eron futbol federatsiyasi FIFA’ga maxsus murojaat bilan chiqib, mashg'ulotlar bazasini qo'shni Meksikaga ko'chirishga erishgan.

Eron terma jamoasi “G” guruhidagi dastlabki uchrashuvni 15 iyun kuni Yangi Zelandiyaga qarshi Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida o'tkazadi. Shundan so'ng forslar 21 iyun kuni xuddi shu shaharda Belgiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so'nggi o'yin esa 26 iyun kuni Vashington shtatining Sietl shahrida Misr terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Ma'lumot o'rnida, AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan ushbu Jahon chempionati 19 iyul kuniga qadar davom etadi. Tarixda ilk bor mundialda 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda va ular 12 ta guruhga bo'lingan. Turnir qoidalariga ko'ra, pley-off (1/16 final) bosqichiga har bir guruhdan eng yaxshi ikkitadan jamoa, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan jamoalar orasidan eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan 8 ta terma jamoa yo'llanma oladi. Jahon kubogining amaldagi sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ