Noyer jahon chempionatlarida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha darvozabonlar rekordini takrorladi
14 IYUN, 2026, 23:30
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer jahon chempionatlari tarixida darvozabonlar orasida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordni takrorladi.
Bu holat 2026 yilgi jahon chempionatining E guruhi 1-turidan o'rin olgan Germaniya — Kyurasao uchrashuvida qayd etildi.
Kyurasao terma jamoasiga qarshi bahs Noyer uchun jahon chempionatlaridagi 20-o'yin bo'ldi. Shu tariqa, u Frantsiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Lorisga tegishli ko'rsatkichga tenglashdi.
