logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» APL himoyachisi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

 14 IYUN, 2026, 19:00

«Nyukasl» klubining chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, so'nggi bir necha kun ichida «qizil iblislar» vakillari 21 yoshli futbolchining atrofidagi insonlar (agentlari) bilan muhokamalar o'tkazishgan.

Mankunianliklarning qiziqishi juda jiddiy deb baholanmoqda — klub rahbariyati «qarg'alar» a'zosining qobiliyatini juda yuqori baholamoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislarining talqiniga ko'ra, Lyuis Xollning transfer bahosi 40 million evroni tashkil etadi. «Chelsi» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi yakunlangan mavsumda Eddi Xau boshchiligidagi jamoa safida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ