logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026: O'zbekiston va Kolumbiya o'rtasidagi tarixiy uchrashuv Entoni Teylorga ishonib topshirildi

 14 IYUN, 2026, 18:54

Futbol bo'yicha 2026-yilgi jahon chempionati "K" guruhi 1-turi doirasidagi O'zbekiston va Kolumbiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi nomi ma'lum bo'ldi.

O'yinni angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam berishadi.

Uchrashuvda to'rtinchi hakam vazifasini kosta-rikalik Xuan Kalderon bajaradi. Zaxira yordamchi hakami sifatida esa uning hamyurti Xuan Karlos Mora qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi debyut uchrashuvi hisoblangan O'zbekiston — Kolumbiya bahsi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ