Vilyam Saliba Evropaning ayni damdagi eng kuchli jamoasi nomini aytdi
14 IYUN, 2026, 18:18
Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba ayni paytda klublar futbolida qaysi jamoani eng kuchli deb hisoblashini aytdi.
«Shubhasiz, «PSJ» – Evropadagi eng kuchli jamoa, ammo bu ularni engib bo'lmaydi degani emas. Biz ular bilan tengma-teng kurasha olishimizni isbotladik. Chorak final, yarim final, final... Balki keyingi yil yana bir qadam oldinga tashlarmiz. Xuddi APLdagidek: biz bosqichma-bosqich o'sib bordik va yakunda muvaffaqiyatga erishdik», – dedi Saliba o'z intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi finali taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'lgan edi.
