Kunya Braziliya JCh-2026 da qaysi bosqichgacha etib borishi haqidagi savolga javob berishni istamadi
14 IYUN, 2026, 17:42
Braziliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» hujumchisi Mateus Kunya «pentakampeonlar» 2026 yilgi Jahon chempionatida qaysi bosqichgacha etib borishi borasida taxmin bildirishni xohlamadi. Musobaqaning 1-turida Braziliya milliy jamoasi Marokash bilan durang o'ynagan edi (1:1).
– Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida qaysi bosqichgacha etib boradi?
– Men folbin emasman, bunaqa ishlar bilan shug'ullanmayman. Jamoamiz o'z salohiyatini yaxshi biladi. Biz o'yinni bunday tarzda boshlamasligimiz kerak edi, ammo hozir keyingi bahslarga tayyormiz, — dedi Kunya Marokashga qarshi uchrashuvdan so'ng.
Guruh bosqichi 2-turida Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan (20 iyun), 3-turda esa Shotlandiya bilan (25 iyun) to'qnash keladi.
