logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» AQSh terma jamoasi yarim himoyachisini nishonga oldi

 14 IYUN, 2026, 17:36

«Manchester Yunayted» AQSh terma jamoasi va «Bornmut» klubi yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, «qizil iblislar» lagerida 27 yoshli futbolchining o'yini yuqori baholangan. Klub tahlilchilarining qayd etishicha, ayrim jihatlarda Adamsning statistik ko'rsatkichlari «Oltin to'p» sohibi Rodrining ko'rsatkichlari bilan teng yoki hatto undan ustunroqdir.

Ortda qolgan mavsumda Adams barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ