«Bavariya» Olise bilan shartnomani maoshini ikki baravar oshirgan holda 2031 yilgacha uzaytirishga tayyor
14 IYUN, 2026, 17:30
«Bavariya» vinger Maykl Olisening kelajagi atrofidagi mish-mishlarga chek qo'ymoqchi, shu sababli uning shartnomasini maoshini deyarli ikki baravar oshirgan holda 2031 yilgacha uzaytirish niyatida. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi Bayern & Germany akkaunti L'Équipe nashriga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning vaziyatga yaqin insonlarga tayanib bergan ma'lumotiga ko'ra, agar yangi mehnat bitimi imzolansa, 24 yoshli futbolchi klubning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylanadi. Olisening amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.
OAV xabarlariga ko'ra, ayni paytda frantsiyalik futbolchi yiliga 16-17 million evro maosh olmoqda. Ortda qolgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 150 million evroni tashkil etadi.
