logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» ingliz klubi yulduzi uchun 93 million evro to'lashni istamayapti

 14 IYUN, 2026, 17:12

«Vest Xem»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Mateush Fernandesh Madridning «Real» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu portugaliyalik futbolchini sotib olishga shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Biroq «qaymoqranglilar» rahbariyati «Vest Xem» talab qilayotgan 93 million evroni to'lashni xohlamayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu transfer qiyin, ammo amalga oshirib bo'lmas darajada emas deb baholanmoqda. Ko'p narsa Mourinoning Fernandeshni sotib olish fikrida davom etishi yoki etmasligiga bog'liq bo'ladi.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qildi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ