logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Keti Teylorning xayrlashuv jangiga chiptalar 30 daqiqada sotib bo'lindi

 14 IYUN, 2026, 17:00

Ikki vazn toifasida jahon chempioni Keti Teylorning 5 sentyabr kungi jangi Dublindagi 82 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Krok Park" stadionida bo'lib o'tadi.

Ushbu jangga chiptalar sotuvga chiqqanidan so'ng yarim soat ichida sotib bo'lingan. Yaqinda 40 yoshga to'ladigan irlandiyalik chempion mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan franciyalik Flora Pili (12-0, 2KO)ga qarshi faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazadi.

Teylorning Piliga qarshi jangi 1972 yil iyul oyidan beri "Krok Park"dagi birinchi boks musobaqasi bo'ladi. O'shanda Muhammad Ali ushbu arenada El Lyuisni muddatidan oldin mag'lub etgan edi. Bu arenada boks oqshomlarini o'tkazishga uning yuqori ijara narxi va katta qo'shimcha xarajatlar to'sqinlik qiladi. Promouter Eddi Xirnning so'zlariga ko'ra, Irlandiyaning eng yirik stadionida tadbirni o'tkazish Londonning "Uembli"siga qaraganda uch baravar qimmatga tushadi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ