logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu: «Onamning vafoti hayotimni butunlay o'zgartirib yubordi»

 14 IYUN, 2026, 17:00

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu oilaviy fojiasi haqida gapirib berdi – u atigi o'n sakkiz yoshda bo'lganida, onasi avtohalokatda halok bo'lgan edi. U ushbu voqea hayotini juda qattiq o'zgartirib yuborganini yashirib o'tirmadi.

«Bu hayotimni, ayniqsa, biz uni qutqarishga harakat qilgan lahzalarimizni juda qattiq o'zgartirib yubordi. Men uning dod-voylarini eshitardim, ammo mashinani ag'darib tashlash oson emas edi. O'shanda sakkiz yoshda bo'lgan kichik ukam bo'layotgan voqealardan shok holatiga tushib qolgandi», – deya portugaliyalik himoyachining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Futbolchining onasi Filomena 2013 yilning yanvar oyida halok bo'lgan edi. Hozirda Kanselu Kataloniyaning «Barselona» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ