Myuller Germaniya terma jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchisini aytdi
14 IYUN, 2026, 16:18
«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Tomas Myuller jahon chempionatida Kay Xavertsdan katta umidlar kutmoqda. «Vankuver Uaytkeps» hujumchisining fikricha, Yulian Nagelsmann Londonning «Arsenal» klubi vakiliga asosiy stavkani qilishi shart.
«Xaverts boshqa pozitsiyadami? Yo'q! U terma jamoaning eng muhim, almashtirib bo'lmas o'yinchisidir. U hujumda juda zarur va iloji bo'lsa, har bir daqiqada o'ynashi kerak. Kay ayniqsa kuchli raqiblarga qarshi bahslarda juda muhim ahamiyatga ega. Men uning almashtirishlarsiz o'ynashini xohlayman», – deya Myullerning so'zlarini keltiradi DailyAFC.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da Bundestimning Kyurasao terma jamoasiga qarshi o'yini boshlanadi.
