logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Omad tufayli asosiy to'rga qo'yilgan Rahimova London turnirida 1/4 finalga chiqdi

 13 IYUN, 2026, 10:32

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Londonda o'tayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi.

Vakilamiz musobaqaning saralash bosqichi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 54-raketkasi, saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan germaniyalik Tatyana Mariyaga mag'lub bo'lgandi. SHunga qaramay, u keyinchalik "laki luzer" (omadli mag'lub) sifatida asosiy to'rdan joy oldi va to'g'ridan-to'g'ri nimchorak final bosqichiga yo'l oldi. 

Kamilla Rahimova kecha turnirning 1/8 finalida britaniyalik tennischi, dunyo reytingida 160-o'rinni egallab turgan Xerriet Dartga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan uchrashuvda Rahimova kambek evaziga irodali g'alabaga erishdi - 5/7, 6/1, 7/5.  

Malumot uchun, bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2024 yili Cincinnati turnir saralashida kechgan ilk bahsda Dart uch set natijasiga ko'ra zafar quchgandi. Kechagi uchrashuvda Dart 5, Rahimova 1 ta eys zarbani amalga oshirdi. Qo'shxatolar mezbon tennischida ko'proq bo'ldi - 8 ga 5. 

Bugun WTA reytingida 78-o'rinni egallab turgan Kamilla Rahimova 1/2 final chiptasi uchun yana bir britaniyalik tennischi Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 42-raketkasiga qarshi bahs bizning vaqt bilan soat 16:30da boshlanadi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ