logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

JCH-2026. Kanada mag'lubiyatdan qutulib qoldi, AQSH yirik g'alaba bilan boshladi

 13 IYUN, 2026, 09:32

Uch davlat mezbonligida o'tayotgan JCH-2026 "B" va "D" guruhlarida 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Birinchi bo'limda mezbonlar uchta gol urishga erishdilar. AQSH safida Folarin Balogun dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golni Raul Bobadilya o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar futbolchisi Maurisio Prado bitta golga javob qaytardi. Uchrashuvning so'nggi soniyasida Jovanni Reyna hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 

SHu tariqa, uchrashuv 4:1 hisobida AQSHning g'alabasi bilan yakunlandi.

JCH-2026. D guruhi. 1-tur

AQSH — Paragvay 4:1

Gollar: 7 - Raul Bobadilya (avtogol), 31 - Folarin Balogun, 45+5 - Folarin Balogun - 73 - Maurisio Prado, 90+8 - Jovanni Reyna

13 iyun. Inglvud. "SoFi Stadium"

AQSH — Frizi, Friman, Richardch, Rim, Robinson, Tilmann, Adams, Dest, Makkenni, Pulishich, Balogun.

Paragvay — Gill, Kaseres, J. Gomes, Alderete, Alonso, D. Gomes, Kubas, Bobadilya, Almiron, Ensiso, Sanabriya.


Kanada — Bosniya va Gercegovina 1:1

Gollar: Kayl Larin (79) — Yovo Lukich (21).

Kanada: Krepo, Lari, Jonston, Kornelius, De Fujerol, Eushtakiu, Kone, Byukenen, Millar, Devid, Oluvaseyi.

Bosniya va Gercegovina: Vasil, Dedich, Katich, Muxaremovich, Kolashinac, Taxirovich, Bashich, Memich, Bayraktarevich, Demirovich, Lukich.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ