logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Argentina va Messi JCH-2026 da hali hech kim enga olmagan "lanat"ga duch keladi

 12 IYUN, 2026, 13:48

Lionel Messi etakchiligidagi Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida hali hech bir jamoa chetlab o'ta olmagan o'ziga xos "lanat"ga duch keladi.

11 iyun kuni FIFA dunyoning eng kuchli terma jamoalarining yangilangan reytingini elon qildi. Unda birinchi o'rinni Argentina egallab turibdi.

Ispaniyaning mashhur "Marca" sport nashri yozishicha, jahon chempionatiga FIFA reytingi peshqadami sifatida etib kelgan terma jamoalarni taqib qiluvchi qiziqarli "lanat" mavjud: shu paytgacha ularning hech biri yakunda jahon chempioni bo'la olmagan.

Franciya 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan turnirda ushbu lanatni parchalashga juda yaqin kelgan edi, biroq finaldagi penaltilar seriyasida aynan Argentinaga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Argentinaning raqiblari Jazoir (17 iyun), Avstriya (22 iyun) va Iordaniya (28 iyun) terma jamoalari bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ