O'smirlarimiz Almaty Cadet Asian Cup 2026 turnirida 26 ta medal bilan birinchi bo'lishdi + FOTOGALEREYA
11 IYUN, 2026, 11:32
Qozog'istonning Almati shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida Beket Maxmutov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan Osiyo Kubogining kadetlar bahslari yakuniga etdi.Quvonarlisi, 12 davlat ishtirokida kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Qozog'iston zaminida hammadan ko'p - 8 marotaba O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Qozog'iston terma jamoasi 7 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bittadan oltin va bronza medalini qo'lga kiritgan Xitoy Taypeyi terma jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.
Bugundan yoshlar o'rtasidagi musobaqa boshlandi. Dzyudochilarimizga ikki kunlik bellashuvlarda g'alaba va omad tilaymiz.















comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
