logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Konorga sparring sherik bo'lgan hamyurtimiz nufuzli MMA Ligasi bilan shartnoma imzoladi

 10 IYUN, 2026, 18:16

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bahromjon Ro'ziev faoliyatini AQSHning LFA Ligasida davom ettiradi.

Bu haqda sportchi o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida malum qildi.

"Assalomu alaykum Xalqim. Men bugun dunyoning nufuzli va katta promoushenlaridan biri — LFA bilan shartnoma imzoladim. Biz maqsadimiz sari yana bir qadam yaqinlashdik. Nasib qilsa, yaqin kunlarda jangimiz sanasi aniq bo'ladi va sizlar bilan buni ulashaman. Bu yurish men uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi va men bunga ishonaman. Xalqim, sizlarning qo'llab quvvatlashingiz biz sportchilar uchun juda katta kuch beradi. Biz yurtimiz bayrog'ini butun dunyo uzra ko'tarib, sizlarni Alloh qodir qilgancha chiroyli g'alabalar bilan xursand qilishda davom etamiz. Olg'a O'zbekiston", deb yozgan Ro'ziev.

Bahromjon faoliyati davomida hozirgacha 9 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba, 1 tadan mag'lubiyat va durang qayd etgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ