Jangi bekor bo'lgan Nurmagomedovga yangi raqib berildi
10 IYUN, 2026, 16:16
Umar Nurmagomedov va Devid Martines o'rtasidagi jang 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirida ishtirok etmaydi.Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining jamoasiga yaqin bo'lgan xabardor manbalarning aytishicha, uning raqibi o'ta engil divizion reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan xitoylik Song Yadong bo'ladi, jang esa boshqa sanaga ko'chiriladi.
Avvalroq, o'n kun oldin Deeyveson Figeredoni gilotina usulida bo'g'ib qo'ygan Song 29 avgust kuni SHanxaydagi UFC turnirida oktagonga qaytishi xabar qilingandi. Nurmagomedov va Song o'rtasidagi jang ushbu tadbirning asosiy voqeasi bo'lishi ehtimoldan xoli emas.
O'tgan yilning yanvar oyida Umar Nurmagomedov Merab Dvalishvilining chempionlik kamarini tortib olishga muvaffaqiyatsiz urinib, raqobatli kurashda hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ygandi. SHundan so'ng u Mario Bautista va Deyveson Figeredoni taslim etdi. Ayni paytda rossiyalik UFC o'ta engil divizioni reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
