UFC Freedom 250 ishtirokchilarining yakuniy tarkibi va janglar tartibi tasdiqlandi
10 IYUN, 2026, 12:32
UFC 14 iyundan 15 iyunga o'tar kechasi Vashingtondagi Oq uy hududida bo'lib o'tadigan UFC Freedom 250 turniri ishtirokchilarining barcha juftliklari uchun oktagonga chiqishning yakuniy tartibini rasman tasdiqladi.AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan Oq uy turniri yarim engil vazn toifasida kechadigan braziliyalik Diego Lopes hamda amerikalik Stiv Garsiya o'rtasidagi jang bilan boshlanadi.
Juftliklarning to'liq ro'yxati quyidagicha:
Yarim engil vazn: Diego Lopes (Braziliya) – Stiv Garsiya (AQSH)
O'rta vazn: Bo Nikal (AQSH) – Kayl Dokas (AQSH)
Engil vazn: Maurisio Ruffi (Braziliya) – Maykl CHendler (AQSH)
Og'ir vazn: Derrik Lyuis (AQSH) – Josh Xokit (AQSH)
O'ta engil vazn: SHon O’Melli (AQSH) – Aymann Zaxabi (Kanada)
Og'ir vaznda vaqtinchalik UFC kamari uchun: Aleks Pereyra (Braziliya) – Siril Gan (Franciya)
Engil vaznda UFC chempionlik kamari uchun: Iliya Topuriya (Ispaniya) – Jastin Getji (AQSH)

Manba: olamsport.com
