logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Farg'onada belbog'li kurash bo'yicha Jahon va Osiyo chempionati o'tkazilyapti

 10 IYUN, 2026, 09:00

"Samo" sport majmuasida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha o'smirlar va qizlar (U17) o'rtasida jahon chempionati hamda erkaklar va ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

SHu bois kecha, 9 iyun kuni chempionat oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va sport jamoatchiligi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 


Unda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg'ona viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimov, kattalar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov ishtirok etib, musobaqalarning tashkiliy jihatlari hamda kutilayotgan natijalar haqida batafsil malumot berdishdi.


O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Xalqaro belbog'li kurash associaciyasi, Farg'ona viloyati hokimligi, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, Farg'ona viloyat sport boshqarmasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan hamkorlikda o'tkazayotgan ushbu Jahon va Osiyo chempionatida Hindiston, Indoniziya, Turkiya, Latviya, Rossiya, Misr, Mo'g'uliston, Polsha, qo'shni Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston kabi 30 ga yaqin davlatning nomdor polvonlari ishtirok etmoqda. 


Reglamentga ko'ra, 10-11 iyun kunlari o'smirlar va qizlar o'rtasida ( U17) jahon chempionati o'tkazilsa, 13-14 iyun kunlari belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bellashuvlari bo'lib o'tadi.







Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ