logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Namoyishchilar O'zbekiston va JCH-2026`ning ilk o'yini o'tadigan "Acteka" stadioniga kirishni to'sib qo'yishdi

 10 IYUN, 2026, 08:48

Mexikodagi "Acteka" stadioniga kirish yo'li namoyishchilar tomonidan to'sib qo'yildi.

11 iyun kuni Jahon chempionati-2026 ning ochilish marosimi va ilk uchrashuvi bo'lib o'tadigan Mexikodagi "Acteka" stadioniga olib boruvchi yo'lni minglab namoyishchilar to'sib qo'ydi.

O'tgan haftadan beri Meksika poytaxtida talim xodimlari kasaba uyushmasi ish haqini oshirishni va pensiya islohoti to'g'risidagi qonunni bekor qilishni talab qilib namoyishlar o'tkazmoqda.

Mamlakat prezidenti Klaudiya SHeynbaum namoyishlarni "provokaciya" deb atadi, ammo hozircha namoyishlarni bostirish uchun policiyani jalb qilishni istisno qildi.

11 iyun kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining ilk o'yinida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari bahs olib boradi. 18 iyun kuni esa O'zbekiston terma jamoasi aynan shu arenada mundialdagi o'zining dastlabki bahsnini o'tkazadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ