UzChess Cup III. Madaminov yana g'alaba qozondi. Ikkinchi turda durang qayd etilmadi
9 IYUN, 2026, 09:32
Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 2-tur partiyalari o'ynaldi.Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining 2-turida ham Muhiddin Madaminov shov-shuvli yurishini davom ettirdi. Bu safar u reytingda o'zidan yuqorida borayotgan greciyalik grossmeyster Nikolas Teodoruni tasoim etdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Nodirbek Abdusattorov birinchi turdagi durangdan keyin 2-turda ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi, blic bo'yicha jahon chempioni, bir paytlar dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallagan SHaxriyar Mamedyarovni mag'lubiyatga uchratdi. Abdusattorov bilan murosaga kelgan Nodirbek Yakubboev 2-turda hindistonlik Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
SHamsiddin Vohidov ham bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U amerikalik Hans Mok Niemanndan engildi. Birinchi turda Madaminovga imkoniyatni boy bergan Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibi rossiyalik Yan Nepomnyashiy hindistonlik Viditni mag'lub etdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Etiborlisi, 2-turda durang natija qayd etilmadi. Bu shaxmatda kamdan-kam uchraydigan holat. Ikkinchi turdan keyin Muhiddin Madaminov yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Nodirbek Abdusattorov 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi Arjun Ergaisi hisobida ham 1,5 ochko bor. Nikolas Teodoru 1 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan.

Bugun 3-turda Muhiddin Madaminov qora donalarda yana bir hamyurtimiz SHamsiddin Vohidovga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Vidit Gujrathi bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek Yakubbboev oq donalarda Hans Niemann bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.
Manba: olamsport.com
