logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gimaraes: «Braziliya har doim favorit, hech kimning ko'kragida beshta yulduz yo'q»

 9 IYUN, 2026, 07:24

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes o'z jamoasining jahon chempionati favoritlari qatoriga kiritilmayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

«Braziliya o'zi ishtirok etadigan har qanday musobaqada doimo favorit hisoblanadi, chunki hech kimning ko'kragida beshta yulduz yo'q.

To'g'ri, bu tarix maydonda o'z-o'zidan aks etmaydi, ammo bizning o'z futbolimiz bor. Tarkibimizda dunyoning eng yirik klublarida porlayotgan Vinisius, Rafinya kabi ajoyib futbolchilar to'p surishmoqda.

Milliy terma jamoamizga hurmat bilan yondashish kerak. Angliyada men gaplashadigan har bir kishi Braziliyani juda qattiq hurmat qiladi», — dedi «Nyukasl» futbolchisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ