Kulibali: «Senegalning maqsadi — chorak final»
9 IYUN, 2026, 07:18
Senegal terma jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali bo'lajak jahon chempionatidagi asosiy maqsad chorak finalga chiqish ekanligini ma'lum qildi. Avvalroq Senegal terma jamoasi faqat bir marta — 2002 yilda ushbu bosqichgacha etib borgan edi.
«Biz katta ishlarni amalga oshirishga tayyormiz va buni bir necha bor isbotlaganmiz. Ammo jahon chempionati — juda murakkab turnir. Shu sababli haqiqatga to'g'ri baho berishimiz kerak. Imkon qadar uzoqroqqa, balki chorak finalgacha etib borishga harakat qilamiz», — deya Kulibalining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Derbyderbyderby.it.
Ta'kidlash joizki, Senegal terma jamoasining joriy yildagi ko'plab muammolari fonida bu juda ulkan maqsad hisoblanadi.
