«Nyukasl» Dueni nishonga oldi
9 IYUN, 2026, 07:18
«Nyukasl» «Strasburg»ning o'ng qanot himoyachisi Gela Duega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Jeunes Footeux nashri xabar berdi.
Kiran Tripper va Emil Kraft jamoani tark etganidan so'ng, o'ng qanot himoyasi chizig'ini kuchaytirish klub uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ayni paytda Eddi Xau ixtiyorida ushbu pozitsiyada faqatgina bitta tajribali futbolchi — Tino Livramento qoldi.
Manbaning xabariga ko'ra, «Nyukasl» «Strasburg»ning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan 23 yoshli Dueni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Frantsiya klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi uchun kamida 29 million evro miqdorida taklif tushsa, uni sotishga rozi bo'lishi mumkin. «Strasburg» rahbariyati himoyachi bilan xayrlashishni istamayapti, biroq iqtisodiy vaziyat klubni o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Due barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta sariq kartochka oldi.
