«Manchester Yunayted» Tonali uchun so'ralayotgan summani to'lashga tayyor
9 IYUN, 2026, 07:12
«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Sandro Tonalining transferi bo'yicha «Nyukasl»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Bu haqda qator Britaniya va Italiya OAVlariga tayangan holda teamTALK nashri xabar bermoqda.
«Nyukasl» o'z futbolchisini taxminan 100 million funt sterlingga (116 million evro) baholamoqda va ushbu talablarga mos keladigan taklif tushsa, uni sotishni ko'rib chiqishga tayyor. «Qizil iblislar» 25 yoshli italiyalik futbolchini shu yozda yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rishmoqda. Ro'yxatda Mateush Fernandesh va boshqa nomzodlar ham bor, biroq Tonali ustuvor variant hisoblanadi.
Asosan tayanch zonasida harakat qiladigan futbolchi o'tgan mavsumda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta sariq kartochka oldi.
