Tripper rasman «Vulverxempton»ga o'tdi
9 IYUN, 2026, 07:00
«Vulverxempton» himoyachi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 35 yoshli futbolchi klubga erkin agent maqomida qo'shildi va u bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.
Tripper jamoaning yangi bosh murabbiyi Rob Edvardsning yozdagi ilk xaridi bo'ldi. Bu transfer klubni yana APLga qaytarish maqsadida tarkibni qayta qurish rejasining bir qismi sifatida qaralmoqda.
Himoyachi bundan avvalgi to'rt yilni «Nyukasl»da o'tkazib, jamoa etakchilaridan biriga aylangan edi. Faoliyati davomida «Tottenxem», «Atletiko» hamda «Byornli» klublarida ham o'ynagan. Angliya terma jamoasi safida esa 54 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
«Vulverxempton» rahbariyati tajribali himoyachining etakchilik fazilatlari jamoaning ingliz futboli elitasiga qaytishida katta yordam berishiga ishonch bildirmoqda.
