Reshford «Bavariya»ga o'tishga yaqin
9 IYUN, 2026, 07:00
Myunxenning «Bavariya» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning transferi uchun so'ralayotgan mablag'ni to'lashga tayyorligini bildirdi.
Football365 nashrining xabariga ko'ra, ayni damda bu transfer noaniq vaziyatda turibdi. Sababi, ko'p narsa Reshford o'tgan mavsumni ijarada o'tkazgan «Barselona» klubining qaroriga bog'liq. Kataloniyaliklar futbolchini 30 million evroga sotib olish huquqiga ega, biroq hozircha bu bandni faollashtirish niyatida emaslar. «Barselona» muqobil variantlarni — yangi ijara shartnomasini yoki transfer narxini pasaytirishni ko'rib chiqmoqda.
Ispaniya klubining qarorini kutayotgan «Manchester Yunayted» esa boshqa jamoalarning takliflarini eshitishga tayyorligini ma'lum qildi. Bundan unumli foydalangan «Bavariya» so'ralayotgan summani to'lashga rozi bo'ldi. Ushbu potentsial transferning asosiy muammosi — futbolchining haftasiga 346 ming evroni tashkil etuvchi yuqori maoshi bo'lib qolmoqda.
