AQSh xavfsizlik xodimlari O'zbekiston terma jamoasini alohida tekshiruvdan o'tkazdi (video)
9 IYUN, 2026, 03:30
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Nyu York shahridagi “Icahn” stadionida o'tkazilgan bahsda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvda ishtirok etish uchun stadionga etib kelgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari AQSh xavfsizlik xodimlari tomonidan alohida tekshirildi. ESPN telekanali tomonidan e'lon qilingan videoda jamoa avtobusidan tushayotgan murabbiylar shtabi va futbolchilar metal detektorlar hamda xizmat itlari tomonidan obdan tekshirilayotganini ko'rish mumkin.
