O'zbekiston U-23 terma jamoasi AQShni mag'lub etdi
8 IYUN, 2026, 23:30
Sloveniyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida AQSh olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan bahsda o'zbekistonlik futbolchilar minimal hisobda g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona golni 64-daqiqada Firdavs Abdurahmonov kiritdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
AQSh U-23 — O'zbekiston U-23 — 0:1
Gol: Firdavs Abdurahmonov, 64.
O'zbekiston U-23 boshlang'ich tarkibi: Samandar Muratbaev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoev, Quvonchbek Hushvaqtov, Ollobergan Karimov, Saidumarxon Saidnurullaev (s), Azizbek To'lqinbekov, Muhammedali Reimov, Firdavs Abdurahmonov, Dilshod Abdullaev, Diyorbek Abdunazarov.
Zaxira o'yinchilari: Maksim Murkaev, Umar Rustamov, G'iyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullaev, Amirbek Saidov, Asilbek Jumaev, Ro'ziboy Fayzullaev, Oybek O'rmonjonov, Rustambek Fomin, Nurlan Ibraimov, Jo'rabek Jo'raev.
