Mbappe, Olise va Dembele Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinni dastlabki daqiqalardan boshlashadi
8 IYUN, 2026, 23:18
Frantsiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi uchun boshlang'ich tarkibni e'lon qildi.
Frantsiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Teo Ernandes, Tchuameni, Rabo, Olise, Dembele, Due, Mbappe.
Sardorlik bog'ichi Kilian Mbappega topshirildi. Uchrashuv start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:10 da yangraydi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida frantsuzarga Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari raqiblik qiladi. Shimoliy Irlandiya esa mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan.
Frantsuzlar Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlarini 16 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazishadi.
