logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Aleksandr Zverev ilk bor Rolan Garros g'olibiga aylandi

 8 IYUN, 2026, 19:32

Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverez Rolan Garros – 2026 turnirining erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Turnir finalida jahon reytingida uchinchi o'rinda borayotgan Zverev italiyalik Flavio Kobolliga qarshi kortga chiqdi. 

To'rt soatdan ortiq davom etgan murosasiz bahsda nemis tennischisi 6:1, 4:6, 6:4, 6:7(5), 6:1 hisobida g'alaba qozonib, faoliyatidagi ilk «Katta dubulg'a» sovrinini qo'lga kiritdi.

29 yoshli Zverev uchun bu «Katta dubulg'a» turnirlaridagi to'rtinchi final bo'ldi. Aleksandr «Rolan Garros»da chempion bo'lgan ilk nemis tennischisi sifatida tarixga kirdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ