Bobur Abdulazizovning navbatdagi raqibi mag'lubiyatsiz odimlayotgan Marsel Nurlanbek bo'ladi
8 IYUN, 2026, 13:32
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Bobur Abdulazizovning keyingi jangi elon qilindi.Hamyurtimiz 27 iyun kuni Qozog'istonning Konaev shahrida tashkil etiladigan Octagon 88 turniri doirasida qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uulu (14-0-0) bilan to'qnash keladi.
Avvalroq, mazkur turnirda yana bir yurtdoshimiz Odilxon Kamolov BMF kamari uchun Tojikiston vakili Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov bilan jang qilishi haqida xabar berilgandi.

Manba: olamsport.com
