UzChess Cup III. Madaminov Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibini taslim etdi. Nodirbeklar bahsida qanday natija kuzatildi?
8 IYUN, 2026, 09:48
Poytaxtimizda mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turniri boshlandi.Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahslarga kirishdi. To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining 1-turidayoq shov-shuvli natija kuzatildi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Muhiddin Madaminov oq donalarda rossiyalik taniqli shaxmatchi, Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibi Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev bilan murosaga keldi. Yakubboev uchrashuv davomida qo'lga kiritgan ustunligidan unumli foydalana olmadi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
SHamsiddin Vohidov oq donalarda hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durangga imzo chekdi. Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov hindistonlik Vidit Gujrathidan ustun keldi. Greciyalik Nikolas Teodoru amerikalik Hans Mok Niemann ustidan g'alabaga erishdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Birinchi turdan so'ng Nikolas Teodoru, Muhiddin Madaminov va SHaxriyar Mamedyarov turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Bugun 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda SHaxriyar Mamedyarovga, Muhiddin Mamadaminov oq donalarda Nikolas Teodoruga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Yakubboev qora donalarda Arjun Ergaisi bilan hisob-kitob qilsa, SHamsiddin Vohidovni Hans Niemannga qarshi bahs kutmoqda.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Manba: olamsport.com
