logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Mariya Timofeeva bugun Xorvatiyadagi WTA turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi

 7 IYUN, 2026, 12:32

Xorvatiyaning Makarska shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi "CHellenjer" turnirining yarim final uchrashuvlari o'tkazildi.

Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

Vakilamiz 1/2 finalda ispaniyalik Sara Sorribes-Tormoga (WTA-304) qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda Mariya 6/2, 7/5 hisobida zafar quchdi. Bu ikki tennischining o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2024 yilda bo'lib o'tgan ilk to'qnashuvda ispaniyalik raketka ustasining qo'li baland kelgandi.

Bugun 22 yoshli Mariya musobaqa finalida latviyalik 23 yoshli Darya Semenistayaga qarshi kortga chiqadi. Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 118-o'rinni egallab turibdi. Semenistaya esa 110-pog'onada qayd etilgan. Hal qiluvchi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ